Bugun 7 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Eplasang ishla! Peres “Valensiya”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Anchelottiga shart qo‘ydi

Eplasang ishla! Peres “Valensiya”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Anchelottiga shart qo‘ydi

Ispaniya chempionatning 30-turida “Real” futbolchilari o‘z maydonida muxlislari ko‘z o‘ngida kutilmaganda “Valensiya”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Bu mag‘lubiyat klub xo‘jayini Florentino Peresning g‘azabini keltirdi. Klubda bosh murabbiy Karlo Anchelottiga bosim kuchayib bormoqda. Garchi jamoa Ispaniya kubogi finaliga chiqqan va Yevropa Chempionlar ligasida yurishini davom ettirayotgan bo‘lsa-da, rahbariyatga jamoaning o‘yin uslubi yoqmayapti.

Vaziyatdan kelib chiqqan holda Florentino Peres o‘z pozisiyasini aniq qilib ko‘rsatib berdi. Unga ko‘ra, Karlo Anchelotti yo‘lga qo‘ygan o‘yin uslubi, uning dinamikasi “Qirollik klubi” mutasaddilarini umaman qoniqtirmaydi.

Peres oldindagi bir necha hafta davomida Anchelottidan jamoaning o‘yin taktikasi va dinamikasini o‘zgartirishni talab qildi. Italiyalik mutaxassisning klubdagi kelajagi aynan mana shu kriteriyalar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.

Kiritildi: 23:46 06.04.2025. O'qildi: 923 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!