«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026/2027 yilgi mavsumda dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi futbolchisiga aylanadi. Forbes taxmin qilishicha, uning umumiy daromadi 300 million dollarni tashkil etadi. Bu Messining daromadidan ikki baravar ko‘p.
Nashr hisob-kitoblarida futbolchilarning klublardan oladigan maoshi va boshqa to‘lovlari, shuningdek, futboldan tashqari faoliyatidan tushadigan daromadlari ham inobatga olingan. Ronaldu «Al-Nasr» klubidan 250 million dollar, boshqa manbalardan esa yana 50 million dollar olishi kutilmoqda.
Reytingda ikkinchi o‘rinni 145 million dollar daromad bilan «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi egalladi. Uchinchi o‘rindan «Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappe joy oldi — uning daromadi 100 million dollarga baholangan.
Forbes versiyasiga ko‘ra, 2026/2027 yilgi mavsumda dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi 10 futbolchisi quyidagilar:
- Krishtianu Ronaldu («Al-Nasr») — 300 mln dollar (250 mln dollar klubdan, 50 mln dollar boshqa faoliyatdan).
- Lionel Messi («Inter Mayami») — 145 mln dollar (70 mln dollar klubdan, 75 mln dollar boshqa manbalardan).
- Kilian Mbappe («Real Madrid») — 100 mln dollar (70 mln dollar klubdan, 30 mln dollar boshqa manbalardan).
- Erling Holand («Manchester Siti») — 85 mln dollar (60 mln dollar klubdan, 25 mln dollar boshqa manbalardan).
- Vinisius Junior («Real Madrid») — 76 mln dollar (48 mln dollar klubdan, 28 mln dollar boshqa manbalardan).
- Lamin Yamal («Barselona») — 55 mln dollar (35 mln dollar klubdan, 20 mln dollar boshqa manbalardan).
- Sadio Mane («Al-Nasr») — 54 mln dollar (50 mln dollar klubdan, 4 mln dollar boshqa manbalardan).
- Jud Bellingem («Real Madrid») — 45 mln dollar (29 mln dollar klubdan, 16 mln dollar boshqa manbalardan).
- Garri Keyn («Bavariya») — 42 mln dollar (29 mln dollar klubdan, 13 mln dollar boshqa manbalardan).
- Muhammad Saloh («Trabzonspor») — 40 mln dollar (20 mln dollar klubdan, 20 mln dollar boshqa manbalardan).