Quyosh panellari 40 yilda 300 barobar, batareyalar esa 10 yilda 10 barobar arzonlashdi. Ammo Britaniyada 1 kVt/soat hali ham 30 sent!
Octopus Energy rahbari Greg Jeksonning aytishicha, sabab — texnologiyada emas, bozor tizimida. Britaniya milliard funt sarflagan, lekin shamol parklari energiya zarur joyda emas, arzon qurilish hududlarida joylashgan.
Kompaniya hozir BYD elektromobillari orqali yangi tizimni sinovdan o‘tkazmoqda. Ular kechasi arzon tarifda zaryadlanib, kunduzi ortiq energiyani sotadi. Bu kelajakda uy xo‘jaliklari energiya uchun umuman to‘lamaydigan tizimga yo‘l ochishi mumkin.
Shu paytda Xitoy dunyodagi qayta tiklanuvchi quvvatlarning 74% ni barpo etmoqda va “yashil” texnologiyalar eksporti bir oyda 20 milliard dollardan oshib ketdi.