Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Energetika vazirligi delegasiyasi Turkiyaning “EPİAŞ” kompaniyasiga tashrif buyurdi

A A A
Energetika vazirligi delegasiyasi Turkiyaning “EPİAŞ” kompaniyasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi Turkiyaning “EPİAŞ” kompaniyasiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida delegasiyaga Turkiyadagi energiya savdosi, “EPİAŞ” kompaniyasi tomonidan boshqariladigan bozorlar va taqdim etilayotgan xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Unda “EPİAŞ” kompaniyasi bosh direktori Taha Meli Arvas O‘zbekistonda energiya bozorlarini rivojlantirish yo‘lida o‘zaro hamkorlik qilish istagini bildirdi.

Mezbon tomon delegasiya uchun “EPİAŞ” kompaniyasi faoliyati, Turkiya energiya bozorining istiqboli, energiya bozorini muvozanatlash, hisob-kitob operasiyalari, bozor nazorati tadqiqotlari va shaffoflik platformasi kabi masalalarda taqdimotlar o‘tkazdi.

Kiritildi: 12:35 19.03.2024. O'qildi: 1044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!