Endi Suriyaga qurol yetkazib berish bo‘yicha so‘rovlar avtomatik ravishda rad etilmaydi, balki har bir holat bo‘yicha alohida ko‘rib chiqiladi.
Biroq bu qaror Suriyaga qurol sotish bo‘yicha qandaydir aniq bitimlar ma’qullanganini anglatmaydi. O‘zgarish AQSh avvalroq Suriyani terrorizm homiysi bo‘lgan davlatlar ro‘yxatidan chiqarganidan so‘ng amalga oshirildi.