Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Endi subsidiya olganlar o‘sha pulni bankka qo‘yib ko‘paytirib olishi mumkin bo‘ladi

Endi subsidiya olganlar o‘sha pulni bankka qo‘yib ko‘paytirib olishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda maqsadli ipoteka omonati joriy etiladi. Unga ko‘ra, subsidiya xabarnomasiga ega fuqarolar birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun bankda maxsus ipoteka omonati hisobvarag‘i ochishi mumkin.

Fuqaro dastlabki badal uchun o‘z mablag‘ini shu hisobvaraqda jamg‘aradi. Keyin bank Iqtisodiyot va moliya vazirligiga murojaat qilib, subsidiya mablag‘ini ham shu omonat hisobvarag‘iga o‘tkazishni so‘raydi. Eng muhim jihati — hisobvaraqdagi mablag‘larga bank tomonidan bozor stavkasi asosida foiz hisoblanadi. Ya’ni fuqaro uy sotib olguniga qadar o‘z puli va subsidiya mablag‘i hisobidan qo‘shimcha daromad olishi mumkin.

Agar ipoteka krediti ajratish rad etilsa, fuqaroning o‘z mablag‘i hisoblangan foizlari bilan o‘ziga qaytariladi. Subsidiya mablag‘i esa foizlari bilan Davlat byudjetiga qaytariladi.

Ipoteka krediti tasdiqlansa, omonatdagi mablag‘lar, hisoblangan foizlar va kredit puli kvartira sotib olish uchun qurilish tashkilotiga o‘tkaziladi.

Yangi tartib 2026 yil 1 iyuldan kuchga kiradi.

Kiritildi: 16:55 30.06.2026. O'qildi: 945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!