Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Endi fuqaro o‘z murojaatini o‘zi nazorat qiladi

Endi fuqaro o‘z murojaatini o‘zi nazorat qiladi

Fuqarolar uchun o‘z murojaatlarini kuzatish yanada osonlashdi va birinchi marta nazorat qilish imkoniyati yaratildi. Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan ishga tushirilgan bu yangilik murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Prezident Xalq qabulxonasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda qayta aloqa — SMS-xabarnoma yuborish xizmatini ishga tushirdi. Endi murojaatning har bir bosqichi haqida fuqaroga pm.gov.uz saytidagi shaxsiy kabineti va SMS orqali ma’lumot berib boriladi.

SMS-xabarnomada murojaat haqida maxsus havola mavjud. Fuqarolar havola orqali kirib, berilgan javoblar yuzasidan «Roziman» deb munosabat bildirishi yoki «E’tirozim bor» deb murojaatni qayta ijroga qaytarishi mumkin. Bu orqali fuqaro o‘z murojaatini o‘zi nazorat qila oladi.

Murojaatlarni kuzatib borishning soddalashtirilgan 5 bosqichli tartibi

  1. Fuqaro SMSda keltirilgan havola orqali pm.gov.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kiradi.
  2. U yerda fuqaro o‘z murojaatining barcha bosqichlarini real vaqt rejimida kuzatib turishi mumkin.
  3. Murojaati o‘rganilib, javob berilsa, o‘sha zahoti fuqaroning pm.gov.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamiga maxsus havolasi bor SMS-xabarnoma yuboriladi.
  4. Fuqaro SMSni ochib, havola orqali pm.gov.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kiradi, murojaatiga yuborilgan javob bilan tanishadi va o‘z fikrini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
  5. Agar fuqaro o‘ziga yuborilgan javobdan qoniqish hosil qilsa yoki muammosi hal etilgan bo‘lsa, «Roziman» tugmasini bosadi. Agar javobdan qoniqmasa yoki masalasi ijobiy yechim topmagan bo‘lsa, «E’tirozim bor» tugmasini bosadi. Bunda murojaat ijroga qaytariladi va qayta ko‘rib chiqiladi.
Kiritildi: 19:20 06.09.2026. O'qildi: 458 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!