AQSh tomonidan Eronning yadroviy ob’ektlariga berilgan zarbalardan so‘ng, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyan bilan telefon orqali suhbatlashdi.
🗣 «Kecha tungi zarbalardan so‘ng men Eronni bu xavfli vaziyatda maksimal darajada bosiqlik va sabr bilan harakat qilishga chaqirdim, shuningdek, diplomatik yo‘lga qaytishga imkon berish kerakligini ta’kidladim», — dedi Makron.
📌 Avvalroq Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro ham AQShning Eron bo‘yicha hujumlaridan xavotir bildirgan edi. U Fransiyaning bu hujumlarda na ishtirok etganini, na ularni rejalashtirishda qatnashganini aytdi:
📝 «Fransiya ishonch bilan aytadi: muammoning uzoq muddatli yechimi — bu Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi Shartnoma doirasida olib boriladigan muzokaralardir», — deb yozdi Barro X ijtimoiy tarmog‘ida.