Elena Zelenskaya Oq uyning AQSh prezidentini nutqida ishtirok etish taklifini rad etdi, chunki tashkilotchilar Zelenskaya Yuliya Navalnaya bilan yonma-yon o‘tirishni xohlashgan — The Washington Post.
Ommaviy axborot vositalari muzokaralardan xabardor manbalarga tayanib, Oq uy Putinga "har biri qarshilik ramzi bo‘lgan ikki ayol obrazini" ko‘rsatishni rejalashtirayotgani, bu Baydenning Senatdagi nutqi uchun kuchli fon bo‘lishi haqida xabar bergandi.
Tashkilotchilar AQShning birinchi xonimi Jill Baydenni Zelenskaya va Navalnaya bilan yonma-yon o‘tirishini rejalashtirishgan edi. Bu esa ukrainaliklar orasida salbiy hissiyotni yuzaga keltiradi, chunki Aleksey Navalniyning Qrim haqidagi o‘tmishdagi bahsli bayonotlari tufayli Ukrainadagi obro‘si ancha yomonlashgan edi.
Shu bilan birga, Yuliya Navalnaya ham charchaganini aytgan holda, Baydenning nutqida qatnashishdan bosh tortgan.