Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Elektr va gaz sohasidagi qarzdorlardan MIB tomonidan milliardlab so‘m undirildi

Elektr va gaz sohasidagi qarzdorlardan MIB tomonidan milliardlab so‘m undirildi

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sud qaroriga asosan energiya resurslari sohasida qarzdorliklarni undirish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ foydasiga 61 ta ijro hujjati bo‘yicha 1 mlrd. 355 mlrd. so‘m hamda "Hududgaz" korxonalari foydasiga esa 532 ta ijro hujjati bo‘yicha 1 mlrd. 266 mln. so‘m qarzdorlik amalda undirilgan.

Qoldiqdagi ijro hujjatlari bo‘yicha jami 62,2 mln. so‘mlik 1 ta ko‘chmas mulk elektron elektron-onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.

Shuningdek, 239,8 mln. so‘mlik 51 ta qarzdorlarning ish haqlariga qaratilgan va 19,9 mln. so‘mlik 5 ta qarzdorlarning chiqish huquqlari cheklangan.

Ijro hujjati talablarini bajarmagan 22 ta qarzdorga nisbatan 42,5 mln. so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Bu boradagi undiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 18:44 23.05.2025. O'qildi: 342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!