Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Elektr ta’minotidagi cheklovlar yirik uzilishlarning oldini olishga qaratilgan

Elektr ta’minotidagi cheklovlar yirik uzilishlarning oldini olishga qaratilgan

Anomal issiq havoda O‘zbekistonning ayrim hududlarida elektr ta’minotidagi vaqtinchalik uzilishlar tizim barqarorligini saqlashga va yirik uzilishlarning oldini olishga qaratilgan. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi bir kun ichida Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala va Chiroqchi tumanlaridagi 1750 ta iste’molchi, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov va Zomin tumanlaridagi 1200 ta iste’molchi, Xorazm viloyatining Shovot, Gurlan va Qo‘shko‘pir tumanlaridagi 1300 ta iste’molchi, Toshkent viloyatining Toshkent va Zangiota tumanlaridagi 1000 ta iste’molchi qisqa muddatli majburiy cheklov sifatida 2 soatga elektr ta’minotidan uzildi.

Kiritildi: 14:32 20.07.2026. O'qildi: 1040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!