Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bilan hamkorlikda qarzdorlikni undirish borasida viloyatning barcha hududlarida undiruv tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, Byuroning Oltinko‘l tuman bo‘limi ish yurituvidagi Qo‘rg‘ontepa tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatida qarzdor “AGRO KLASTER OLTINKO’L” MCHJ hisobidan Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga 68,6 mln. so‘m qarzdorlik undirilishi ko‘rsatilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdor fermer xo‘jaligidan Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga jami 68,6 mln. so‘m qarzdorlik undirilib, ta’minotchi korxonaga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.