"Roma" o‘zining tarixiy ASR logotipini qaytaradi.
Avvalroq, Rim klubi bosh murabbiy etib Jan Pyero Gasperini tayinlangani haqida xabar bergan edi.
"Biz klub ruhini o‘zida mujassam etgan tarixiy ASR logosini bosqichma-bosqich qaytarilishini faxr bilan e’lon qilamiz. Bu qaror an’analarga chuqur hurmat bilan va muxlislarning samimiy tilaklariga javoban, "Roma"ning o‘ziga xosligiga hurmat sifatida qabul qilindi.
Ishonchimiz komilki, klub ramzlari muhim ahamiyatga ega va bizning ildizlarimizni hurmat qilish kelajakni qurishda muhim ahamiyatga ega", - deyiladi klub muxlislarga qilgan bayonotida.
Rimning 1927 yilda qabul qilingan birinchi logotipida ikki chaqaloqni emizayotgan bo‘ri tasvirlangan, pastki qismida ASR (Associazione Sportiva Roma) monogrammasi tasvirlangan.