Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasining Rossiyadan mag‘lub bo‘lish sabablarini aytdi

Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasining Rossiyadan mag‘lub bo‘lish sabablarini aytdi

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidagi mag‘lubiyat (2:3) sabablari haqida fikr bildirdi.

«O‘zimizga ortiqcha ishonib yuborganimiz yo‘q. Shunchaki, o‘ylaymanki, jismoniy holat borasida ham raqibdan ortda qoldik. Hozir biroz charchoq bor», — dedi hujumchi.

— Jamoaning qanday kamchiliklari bor edi?

«Kamchiliklar hammada bo‘ladi. Menimcha, shunchaki ishlashda davom etishimiz kerak.

Albatta, vaqt yetishmasligi ham sabablardan biri. Hozir terma jamoaga yangi, yosh futbolchilar kelib qo‘shildi. Shuning uchun bir-birimizga moslashishimiz, o‘zaro tushunib o‘ynay boshlashimiz uchun ko‘proq vaqt kerak. Ko‘proq mashg‘ulot o‘tkazishimiz lozim», — dedi Shomurodov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 12 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar Viktor Melyoxinning avtogoli (5-daqiqa) va Behruz Karimovning goli (46) evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandi.

Biroq Nikolay Komlichenkoning dubli (70, 75) va Aleksey Miranchukning 79-daqiqadagi goli Rossiya terma jamoasiga 3:2 hisobida g‘alaba keltirdi.

Kiritildi: 11:44 13.11.2026. O'qildi: 696 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik