Bugun 28 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Eldor Shomurodov: "O‘yinni yaxshi boshladik, deya olmaymiz"

Eldor Shomurodov: "O‘yinni yaxshi boshladik, deya olmaymiz"

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov FIFA Series doirasida Gabon milliy jamoasiga qarshi o‘yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

- O‘yinni yaxshi boshladik, deya olmaymiz. Bilmadim nima sabab, birinchi bo‘limda raqiblar ko‘proq vaziyat yaratdi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinda ancha o‘zgarishlar bo‘ldi. Bugun omadimiz keldi, desak ham bo‘ladi. Chunki raqiblar ham yaxshi vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Muhimi - g‘alaba qozondik.

- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni qanchalik o‘zgartira olishdi?
- Endi bu savolni murabbiyga berish kerak deb o‘ylayman.

- Birinchi bo‘limda jamoaning o‘yini chiqmadi. Ikkinchi bo‘limda esa barchasi o‘zgardi. Fabio Kannavaro kiyim almashtirish xonasida nimalar dedi?
- Ilk navbatda ta’kidlash kerakki, futbolchilar ancha vaqtdan beri birga o‘ynashmagandi. Murabbiy bir qancha takliflar kiritdi. Qayerdadir qattiq gapirdi. Shu sababli o‘yinimizda o‘zgarishlar bo‘ldi.

- Jamoada individual harakatlar ko‘payib ketmadimi? Chunki Oston O‘runovdan bir necha marta norozi bo‘ldingiz.
- Norozi bo‘lganim yo‘q. Ostonning kuchli tomoni - individual harakatlari. U buni ko‘rsatishga harakat qilyapti. Menimcha bu normal holat.

Kiritildi: 23:47 27.03.2026. O'qildi: 267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!