Bugun 21 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Eldor Shomurodov "Roma"ga 3 ochko keltirgan gol muallifi bo‘ldi (VIDEO)

Eldor Shomurodov "Roma"ga 3 ochko keltirgan gol muallifi bo‘ldi (VIDEO)

"Roma" Italiya chempionati 33-turida "Verona"ni qabul qildi.

Mezbonlarning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 4-daqiqadayoq hisobni ochdi. Eldor Shomurodov Sulening ajoyib uzatmasidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Hamyurtimizning ushbu goli o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi va Rim klubiga 3 ochkoni taqdim etdi. "Roma" ushbu g‘alabadan so‘ng vaqtinchalik oltinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Shomurodov 82-daqiqada zaxiraga olindi. Uning o‘rnini Stefan el-Shaaraviy egalladi.

Italiya A seriyasi, 33-tur
"ROMA" - "VERONA" - 1:0
Gol: Eldor Shomurodov (4)

Kiritildi: 09:13 20.04.2025. O'qildi: 1204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!