Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Eldor Shomurodov – «Roma»da oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da’vogar

Eldor Shomurodov – «Roma»da oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da’vogar

«Roma» klubi fevral oyi yakunlariga ko‘ra, oyning eng yaxshi futbolchisi nomi uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Eldor Shomurodov ilk bor Rim klubida oy futbolchisi deb topilishi mumkin. O‘zbekistonlik hujumchi klub rasmiy saytidagi ovoz berish jarayonida hozircha 5 nomzod orasida Anxelinyo va Dibaladan keyingi 3-o‘rinda bormoqda. Ovoz berish 28 fevralga qadar davom etadi.

Eldor A Seriya 26-turida «Monsa»ga qarshi bahsda gol va assist qayd etib, tur ramziy jamoasidan o‘rin oldi. O‘zbek hujumchisi ketma-ket o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda.

Qayd etish joiz, «Roma» klubi matbuot xizmati ovoz berish jarayonini biroz murakkablashtirgan bo‘lib, ovoz berish uchun saytga kirib ro‘yxatdan o‘tishingiz talab etiladi va so‘ng so‘rovnomada ovoz berishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun, Eldor Rim klubidagi 4 yillik faoliyati davomida ilk bor oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin. Eldor Shomurodov – «Roma»da oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da’vogar

Kiritildi: 14:45 27.02.2025. O'qildi: 1241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!