Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Eldor Shomurodov gol urgan o‘yinda jamoasi yutqazdi

Eldor Shomurodov gol urgan o‘yinda jamoasi yutqazdi

Turkiya chempionati 7-turida «Bashakshehir» safarda «Konyaspor» bilan bellashdi.

O‘yin 2:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Istanbul klubi safida O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda tushib, jamoasining yagona goliga mualliflik qildi. Abbos Fayzullayev esa 64-daqiqada zaxiradan qo‘shildi.

Turkiya Superligasi. 7-tur
Konyaspor — Bashakshehir 2:1
Gollar: Ndao (16), Opoku (45+1, avtogol) — Shomurodov (57).

Kiritildi: 23:54 28.09.2025. O'qildi: 1166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!