Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Eldor Shomurodov ayni vaqtda Yevropaning eng kuchli hujumchilar reytingida TOP 10 likka kirdi

Eldor Shomurodov ayni vaqtda Yevropaning eng kuchli hujumchilar reytingida TOP 10 likka kirdi

«Istanbul Bashakshehir» klubining o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov «Footmercato.net» sayti talqiniga ko‘ra Yevropa chempionatlarining eng yaxshi to‘purarlari top-10 ro‘yxatiga kirdi.

Ushbu mavsumda Shomurodov Turkiya Superligasida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Hamyurtimiz maydonda jami 1856 daqiqa harakat qilgan. To‘purarlar reytingida Eldor o‘ninchi o‘rinni egalladi.

Reyting yetakchisi sifatida «Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn (21 o‘yinda 24 ta gol) ko‘rsatilgan. Ikkinchi o‘rinda «Real» hujumchisi Kilian Mbappe (22 o‘yinda 23 ta gol) borayotgan bo‘lsa, kuchli uchlikni «Manchester Siti» forvardi Erling Xoland (25 o‘yinda 21 ta gol) yakunlab bergan.

Kiritildi: 21:43 13.02.2026. O'qildi: 436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!