"Tottenxem" Yevropa Ligasi 1/8 final javob o‘yinida AZni mag‘lub etdi - 3:1. O‘yin Londonda bo‘lib o‘tdi.
Inglizlar safida Uilson Odorber dubl qayd etdi va Jeyms Meddison bitta gol urdi. Mehmonlarning yagona goli Per Kopmeyners hisobiga yozildi.
Birinchi o‘yinda "Tottenxem" 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi, shuning uchun "shporlar" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra chorak finalga yo‘l oldi va u yerda "Ayntraxt" bilan to‘qnash keladi.