Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

«El-klasiko» paytida Vinisius va Yamal o‘rtasidagi tortishuv tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

«El-klasiko» paytida Vinisius va Yamal o‘rtasidagi tortishuv tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan «el-klasiko» — «Barselona»ga qarshi bahsdan keyin Lamin Yamal bilan og‘zaki tortishuvga kirishgan. Bellashuv 2:1 hisobi bilan «Real» foydasiga yakunlangan edi.

Uchrashuvdan so‘ng Yamal maydonni tark etar ekan, Vinisius unga yaqinlashib shunday degan:

«Sen faqat orqaga pas bersan! Ko‘p gapirasan. Ha, endi gapir-gapir!»

Bu so‘zlarini Yahoo Sports nashri keltirdi.

Hozirgi vaqtda «Real» 10 ta uchrashuvdan keyin 27 ochko bilan La Liga peshqadami bo‘lib turibdi. «Barselona» esa 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinda. Shu tariqa, Xabi Alonso shogirdlari Ispaniya chempionatidagi asosiy raqibidan 5 ochkoga ilgarilab ketishdi.

Kiritildi: 11:53 27.10.2025. O'qildi: 1184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!