Taniqli rossiyalik murabbiy Valeriy Nepomnyashiy O‘zbekiston terma jamoasining 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidagi istiqbollarini baholadi.
"O‘zbekiston terma jamoasi o‘z guruhida favorit emas. Ammo har doimgidek, yo‘qotadigan hech narsa bo‘lmaganda, jamoa erkin o‘ynaydi. Jamoa jahon chempionatida syurpriz bo‘lishi mumkin," - deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi "Match TV".
Eslatib o‘tamiz, qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi Portugaliya va Kolumbiya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan edi. Ularga qit’alararo pley-off o‘yinlarida (Yangi Kaledoniya, Yamayka yoki Kongo DR) g‘alaba qozongan jamoa qo‘shiladi.