Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ekologiya sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritildi

Ekologiya sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritildi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, “O‘simlik dunyosini ob’ektlaridan foydalanishni nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 1-bandi “Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq o‘simlik dunyosidan foydalanishni nazorat qilish tartibini belgilaydi” tarzida tahrir qilindi. Shuningdek, “Hayvonot dunyosidan foydalanishni nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 1-bandi ham “Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq hayvonot dunyosidan foydalanishni nazorat qilish tartibini belgilaydi” deya o‘zgartirildi.

Bundan tashqari, “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi yagona Nizom 68–71-ilovalar bilan to‘ldirildi. 68-ilovada yovvoyi o‘simliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi o‘simliklarni, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnoma pasporti, 69-ilovada yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnoma pasporti, 70-ilovada yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya (CITES) I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvonlar turlari va o‘simliklar turlari namunalarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun ruxsatnoma pasporti, 71-ilovada esa yer usti tabiiy suv oqimlaridan suv olish uchun suvdan maxsus foydalanishga doir ruxsatnoma pasporti haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Kiritildi: Bugun 12:34. O'qildi: 124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!