Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Bog‘cha bolalarining zaharlanishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi — Farg‘ona viloyati IIB

Bog‘cha bolalarining zaharlanishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi — Farg‘ona viloyati IIB

Joriy yilning 21 fevral kuni Farg‘ona shahar IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, shahardagi 58, 2 va 61-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari “tana harorati ko‘tarilishi, qorinda og‘riq, ich o‘tishi” belgilari bilan Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilishgan.

Hozirda vaziyat Farg‘ona viloyati prokuraturasi, IIB hamda boshqa mutasaddi idoralarning ma’sullari tomonidan to‘liq o‘rganilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 257¹-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, barcha tegishli turdagi ekspertizalar tayinlangan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:15. O'qildi: 459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!