Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Ekologik talablarga rioya qilmagan holda ko‘mir yoqayotgan issiqxona aniqlandi

Ekologik talablarga rioya qilmagan holda ko‘mir yoqayotgan issiqxona aniqlandi

Ayni damda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda hududiy boshqarmalar Ekologiya polisiyasi xodimlari tomonidan atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Ekologiya polisiyasi xodimlari tomonidan navbatdagi tungi reyd tadbirlari tashkil etildi. Reyd davomida Toshkent tumani hududida joylashgan issiqxonalardan biri hech qanday ekologik talablarga rioya qilmagan holda ko‘mir yoqib, atmosferani ifloslantirayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rildi hamda qoidabuzarlik bartaraf etildi.

Kiritildi: 15:05 26.10.2026. O'qildi: 471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!