Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze poytaxtdagi tartibsizliklarda Yevropa Ittifoqining Tbilisidagi elchisi Pavel Gerchinskiy aybdor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Gruziyaning 1TV telekanali xabar berdi.
Kobaxidzening so‘zlariga ko‘ra, ayrim chet ellik vakillar, jumladan, Yevropa amaldorlari Gruziyadagi konstitusiyaviy tuzumni ag‘darishga bo‘lgan urinishlarni bevosita qo‘llab-quvvatlagan.
“EIning Gruziyadagi elchisi buning uchun o‘ta javobgar”, - dedi bosh vazir brifingda.
Tbilisidagi norozilik namoyishlari 4 oktyabr kuni kechqurun boshlandi. Natijada 14 nafar polisiya xodimlari jabrlangan. Gruziya IIV polisiyalarga hujum qilish, hukumatni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga dav’at qilish faktlari bo‘yicha jinoiy ishlar ochgan.