Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ekologik ekspertiza endi faqat ruxsat berish emas – ekologik xavflarni oldindan boshqarish tizimiga aylanmoqda

Ekologik ekspertiza endi faqat ruxsat berish emas – ekologik xavflarni oldindan boshqarish tizimiga aylanmoqda

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida Vazirlar Mahkamasining «Atrof-muhitga ta’sirni baholashning yangi mexanizmlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2026 yil 11 maydagi 234-son qarori mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Davlat ekologik ekspertizasi markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ekologiya sohasi mutaxassislari, loyiha ishlab chiquvchilar, tadbirkorlar, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi. (video lavha)

Matbuot anjumanida mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanayotgani alohida ta’kidlandi.

– Mazkur qaror bilan davlat ekologik ekspertizasi va atrof-muhitga ta’sirni baholash, jamoatchilik eshituvlari va jamoat ekologik ekspertizasini o‘tkazish, strategik ekologik baholash hamda ekologik hujjatlarni ishlab chiquvchilar faoliyatini tartibga solishning yangi mexanizmlari belgilandi, – deydi Davlat ekologik ekspertizasi markazi Bosh direktori G‘. Muxamedov. – Ushbu qarorni ishlab chiqishda Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Kanada, AQSH, Turkiya, Gruziya, Singapur, Rossiya Federasiyasi va Qozog‘iston kabi xorijiy davlatlarning ekologik ekspertiza sohasidagi qonunchiligi hamda amaliyoti o‘rganildi.

Tadbirda yangi qaror bilan atrof-muhitga ta’sirni baholash tizimi xalqaro yondashuvlar asosida takomillashtirilgani, loyihalar xavflilik darajasiga qarab baholanishi, skrining va skouping bosqichlari joriy etilishi, uglerod izi va issiqxona gazlari emissiyasini baholash, jamoatchilik ishtiroki hamda loyiha ishlab chiquvchilarning mas’uliyati kuchaytirilishi haqida ma’lumot berildi.

Matbuot anjumani yakunida soha mutaxassislari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Kiritildi: 14:05 08.08.2026. O'qildi: 1173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!