Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

EIning yana bir davlatida katta miqyosda elektr uzilishi ro‘y berdi

EIning yana bir davlatida katta miqyosda elektr uzilishi ro‘y berdi

👉 Bu oxirgi oylarda Yevropadagi uchinchi yirik energetik insident hisoblanadi.

2025 yil 4 iyul, juma kuni Chexiyada keng ko‘lamli elektr ta’minotida uzilish sodir bo‘ldi. Bu holat Pragada metro poyezlarining harakatini to‘xtatdi, shuningdek mamlakatning bir qismida transport va infratuzilma ishini izdan chiqardi.

Energetika tizimi operatori CEPS ma’lum qilishicha, Liberes, Markaziy va Sharqiy Bogemiya viloyatlaridagi qator transformator podstansiyalari toksiz qolgan.

Hozircha uzilishning aniq sabablari o‘rganilmoqda, ammo rasmiylar hech qanday kiberataka yoki diversiya izlari aniqlanmaganini ma’lum qildilar.

🇨🇿 Chexiya ichki ishlar vaziri Vit Rakushan milliy televideniyeda chiqish qilib, hech qanday xavfsizlik tahdidi aniqlanmaganini ta’kidladi.
🇨🇿 Transport vaziri Martin Kupkaga ko‘ra, uzilish mamlakatdagi 14 ta mintaqaning 5 tasini qamrab olgan. Pragada daryoning o‘ng sohilida tramvaylar to‘xtagan, metro esa qisman faoliyatini to‘xtatgan. Keyinchalik transport kompaniyasi DPP harakat tiklanganini ma’lum qildi.

📍 Chexiya ommaviy axborot vositalari poytaxt va Markaziy Bogemiyada o‘nlab odamlar liftlarda qamilib qolgani haqida xabar berdi.
📍 Mamlakat janubida elektr tarmoqlarini ta’minlovchi E.ON kompaniyasi xizmat ko‘rsatadigan hudud bu uzilishdan ta’sirlanmagan.
📍 Shuningdek, Polshada ham hech qanday uzilish kuzatilmagan, u yerda energetik tizim barqaror bo‘lgan.

⚠️ Chexiyadagi ushbu uzilish oxirgi oylarda Yevropada kuzatilgan uchinchi yirik elektr ta’minoti insidenti bo‘ldi:

  • Aprelda Ispaniya tarixidagi eng yirik elektr uzilishi bir necha o‘n shaharni qamrab olgan;

  • Martda esa London Xitrou aeroportidagi yong‘in elektrosnabjeniyeni izdan chiqargan edi.

Kiritildi: 13:42 05.07.2025. O'qildi: 970 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!