Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

EI va Kanada yangi ittifoq tuzadi: Unda AQSH, Xitoy hamda Rossiya bo‘lmaydi

EI va Kanada yangi ittifoq tuzadi: Unda AQSH, Xitoy hamda Rossiya bo‘lmaydi

EI va Kanada AQSH, Xitoy va Rossiyasiz yangi ittifoq tuzmoqda.

Evropa Ittifoqi va Kanada P4M — «Ko‘p tomonlamalilik, xalqaro huquq, tinchlik va farovonlik tarafdorlari» deb nomlangan yangi xalqaro ittifoqni tayyorlamoqda. U seshanba kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi doirasida taqdim etiladi.

EI va Kanadadan tashqari, tashabbusga Braziliya, Keniya, Hindiston va Avstraliya ham qo‘shildi. Ittifoq ochiq formatda tashkil etilmoqda va kelajakda unga boshqa davlatlar ham qo‘shilishi mumkin.

Ishtirokchilar xalqaro hamkorlik va BMTning rolini kuchaytirish, shuningdek, sun’iy intellekt, iqlim o‘zgarishi va pandemiyalarga qarshi kurash sohalarida birgalikda ishlashni maqsad qilmoqda. Tashabbuschilar turli siyosiy an’analarga ega mamlakatlar o‘rtasida «ko‘priklar qurish» zarurligini ta’kidlamoqda.

Yangi guruh yirik davlatlar o‘rtasida raqobat kuchayib, an’anaviy xalqaro hamkorlik formatlari inqirozga duch kelayotgan bir paytda paydo bo‘lmoqda. Kelajakda u G20ga muqobil formatga aylanishi mumkin, chunki eng yirik davlatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli ushbu formatda hamkorlik qilish tobora qiyinlashmoqda.

Bundan tashqari, YEI allaqachon Kanadaga Yevropa Ittifoqining tarixdagi birinchi «assosiasiyalashgan a’zosi» bo‘lishni taklif qilgan. Bu maqom iqtisodiyot, texnologiyalar, energetika va mudofaa sohalarida ayniqsa yaqin hamkorlikni nazarda tutadi.

Kiritildi: 21:05 21.09.2026. O'qildi: 332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!