Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

EI urush boshlanganidan beri Rossiyadan 197 mlrd yevrolik energoresurslar xarid qilgan

EI urush boshlanganidan beri Rossiyadan 197 mlrd yevrolik energoresurslar xarid qilgan

Evropa komissiyasi vakili Anna-Kaysa Itkonenning ma’lum qilishicha, Ukrainadagi urush boshlanganidan buyon Yevropa Ittifoqi Rossiyadan 197 mlrd yevrolik energoresurslar sotib olgan.

Bryusseldagi brifingda u YEI 2027 yil oxirigacha Rossiya gazi importini to‘liq to‘xtatishni rejalashtirayotganini aytdi. Rossiya gazining YEI umumiy importidagi ulushi 2021 yildagi 45 foizdan 12 foizgacha kamaygan.

Biroq Rossiya 2026 yilda ham AQShdan keyin YEIga suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib beruvchi ikkinchi yirik davlat bo‘lib qolmoqda. AFP ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya YEI gaz importining taxminan 17 foizini ta’minlamoqda.

Avvalroq Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak 2022 yildan beri YEI Rossiyadan 286 mlrd yevrolik energoresurslar xarid qilganini bildirgan edi.

Kiritildi: 14:05 14.10.2026. O'qildi: 679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!