Evropa Ittifoqi Ukrainaga ko‘maklashishga qaratilgan harbiy missiyasi faoliyatini 2028 yil 15 noyabrgacha davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda YEI Kengashining rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Qarorga muvofiq, missiyaning vakolatlari ham kengaytirilmoqda. Asosiy e’tibor harbiy harakatlar davomida orttirilgan tajribani tahlil qilish va undan Ukraina harbiylarini tayyorlash jarayonida foydalanishga qaratiladi.
EI Kengashi bildirishicha, mazkur choralar Ukrainaning mudofaa dasturini qo‘llab-quvvatlash va harbiy tayyorgarlik samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.