Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

EI Rafah chegara missiyasini tinchlik kelishuvidan so‘ng qayta boshlashga "tayyor"

EI Rafah chegara missiyasini tinchlik kelishuvidan so‘ng qayta boshlashga "tayyor"

Evropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaja Kallas, Bryusselda Falastin Bosh vaziri Muhammad Mustafo bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildiki, Yevropa Ittifoqi Isroilning Falastin hududidagi urushi tugagach, G‘azo va Misr o‘rtasidagi Rafah chegara o‘tish punktida kuzatuv missiyasini qayta joylashtirishga tayyor.

Kallasning ta’kidlashicha, YEI bu harakatni amalga oshirish uchun Falastin va Isroil tomonlaridan taklif hamda Misrning roziligini olishi kerak.

27 a’zo davlatdan iborat blok 2005 yilda o‘tish punktini nazorat qilishga ko‘maklashish uchun fuqarolik missiyasini tashkil etgan, biroq HAMAS G‘azo sektorini nazoratga olganidan ikki yil o‘tib, bu missiya to‘xtatilgan edi.

Rafah o‘tish punkti Falastin anklaviga kirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, Misr rasmiylarining aytishicha, hududga ko‘proq yordam yetkazib berish maqsadida uni qayta ochish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Rasmiylarning ma’lum qilishicha, YEIning kuzatuv missiyasi 10 nafargacha yevropalik xodimdan iborat bo‘ladi.

Kiritildi: 21:36 17.01.2025. O'qildi: 922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!