Shveysariya Yevropa Ittifoqidan keyin Rossiyaning sakkizta ommaviy axborot vositalarini ham o‘z ichiga olgan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqda Iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyati saytida xabar berilgan.
Sanksiyalar qatoriga quyidagilar kiradi: "Lenta.ru" axborot portali, "Zvezda" telekanali, "Red Star" gazetasi, Eurasia Daily sayti, News Front agentligi, SouthFront, RuBaltic.ru portallari va Strategik madaniyat jamg‘armasi.
Choralar 23 apreldan kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 24 fevral kuni Yevropa Ittifoqi 16-sanksiya paketi doirasida ushbu va boshqa qator Rossiya ommaviy axborot vositalarining YEI davlatlari hududida translyasiya lisenziyalari to‘xtatilganini ham e’lon qilgan edi.