Evropa Ittifoqi iyun oyining birinchi yarmida Kiyevga 90 milliard yevrolik kreditning dastlabki transhini taqdim etish ustida ish olib bormoqda.
Bryusselda jurnalistlar qarshisida chiqish qilgan Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas shunday bayonot berdi. Uning so‘zlaridan «RIA Novosti» axborot agentligi iqtibos keltirmoqda.
«Ushbu kreditning birinchi transhi iyun oyining birinchi yarmida taqdim etilishi kerak», — dedi Kallas.