Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Kallas AQSH, Xitoy va Rossiyani Yevropani bo‘lishga urinishda aybladi

Kallas AQSH, Xitoy va Rossiyani Yevropani bo‘lishga urinishda aybladi

Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas AQSH, Xitoy va Rossiya Yevropani zaiflashtirishga harakat qilayotganini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlar Yevropa Ittifoqining birligidan manfaatdor emas, chunki birlashgan Yevropa ancha kuchli hisoblanadi.

«Ular Yevropa Ittifoqini parchalashni istaydi. Chunki biz birga bo‘lsak, kuchli bo‘lamiz. Xitoy ham, Rossiya ham Yevropaning birligini yoqtirmaydi», — dedi Kaya Kallas Tallindagi konferensiyada.

Kallasning ta’kidlashicha, Yevropa davlatlari faqat hamjihatlik orqali tashqi bosimlarga qarshi tura oladi.

Kiritildi: 22:45 17.05.2026. O'qildi: 279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!