Rossiya mudofaa vazirligi so‘nggi bir sutka ichida butun mamlakat bo‘ylab Ukrainaning 1064 ta droni urib tushirilganini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Asosiy zarbalar poytaxt Moskva shahri va viloyatiga qaratilgan. Shuningdek, Belgorod, Kaluga, Kursk, Oryol, Bryansk, Voronej, Tula, Smolensk, Pskov, Lipesk, Tver, Rostov viloyatlari, Krasnodar o‘lkasi, anneksiya qilingan Qrim hamda Qora va Azov dengizlari akvatoriyalarida ham kiritilgan dron hujumlari qayd etilgan.
Moskva viloyati gubernatori Aleksey Vorobyov poytaxt yaqin atrofidagi hududlarida uch kishi halok bo‘lgani va 4 kishi jarohatlanganini bildirdi.
Moskva shahar meri Sergey Sobyanin esa hududga qilingan dronlar hujumi natijasida 12 kishi yaralanganini ma’lum qildi.
"Uchuvchisiz uchish apparatlari kelib urilishi natijasida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘n ikki kishi yaralandi. Asosan Moskva Neftni qayta ishlash zavodi nazorat-o‘tish joyi yaqinida quruvchilar smenasi jabrlandi. Zavodning texnologik jarayoni buzilmagan", — dedi Sobyanin.
Bundan tashqari, Moskva “Sheremetevo” xalqaro aeroporti o‘z hududiga dron bo‘laklari tushganini xabar qildi. Shu sababli aeroportda to‘rt soatdan ortiq vaqt davomida parvozlarga cheklov amal qildi.