Nashr manbalariga ko‘ra, sanksiyalar Isroil bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi Assosiasiya kelishuvini to‘liq yoki qisman to‘xtatib turishni, amaldorlar, harbiylar va ko‘chmanchilarga nisbatan shaxsiy cheklovlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Shuningdek, Bryussel Isroil bilan savdoni cheklashi, qurol yetkazib berishga embargo joriy qilishi va ilmiy-texnik hamkorlikni muzlatib qo‘yishi ehtimoli bor.
Biroq Assosiasiya kelishuvini to‘xtatib turish faqat Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha davlatlar bu qarorni qo‘llab-quvvatlagan taqdirda amalga oshirilishi mumkin. Shuning uchun Yevropa Ittifoqi shaxsiy sanksiyalar bilan chegaralanishi mumkin.
Evroittifoq davlatlari tashqi ishlar vazirlari cheklovlarni 15 iyul kuni muhokama qilishi rejalashtirilgan. Xuddi shu kuni Isroil G‘azo sektorida gumanitar vaziyatni yaxshilash bo‘yicha hisobot taqdim etishi kerak.