Aynӣ damda Toshkentdagi CAEx ko‘rgazma majmuasida “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Aynӣ damda Toshkentdagi CAEx ko‘rgazma majmuasida “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov quyidagilarni ta’kidladi:
«Bugungi ko‘rgazma — bu shunchaki texnologiyalar namoyishi emas, balki mintaqalar, tarmoqlar va davlatlar o‘rtasidagi chuqur hamkorlik uchun boshlang‘ich nuqtadir. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ekologik texnologiyalarni ilgari surish bo‘yicha mintaqaviy platformaga aylanishga tayyor».
Shuningdek, vazir global ekologik chaqiriqlar tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatlarni talab etayotganini ta’kidladi va "Eco Expo Central Asia" yangi yondashuvlar shakllanadigan, iqlim va ekologik muammolar yechimi izlanadigan muhim maydonga aylanishiga ishonch bildirdi.
"Eco Expo Central Asia" — bu O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan va Markaziy Osiyodagi eng yirik ekologik ko‘rgazma bo‘lib, 30 dan ortiq mamlakatdan 3000 dan ziyoda ishtirokchini birlashtirdi. Ko‘rgazmada ilg‘or “yashil” texnologiyalar, chiqindilarni boshqarish, suv resurslarini tejash va qayta tiklanuvchi energetika sohalaridagi eng yaxshi yechimlar namoyish etilmoqda.
Mazkur tadbir O‘zbekistonning barcha hududlari, xalqaro tashkilotlar va global investorlarni birlashtiruvchi muhim muloqot va biznes platformasidir.