Bugun 21 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

ECHLda keyingi bosqich masalasini hal qilgan 11 jamoa nomi ma’lum

ECHLda keyingi bosqich masalasini hal qilgan 11 jamoa nomi ma’lum

Evropa Chempionlar ligasining 1/16 final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan 11 jamoa nomi aniq.

Evropa Chempionlar ligasining guruh bosqichi 7-turining birinchi kungi uchrashuvlari yakunlandi. Asosiy voqea "Arsenal"ning kamida 2-o‘rinni naqd qilgani bo‘ldi. Bu o‘z-o‘zidan 1/8 finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish va qur’a tashlashda eng yaxshi natijani kafolatlaydi. Nafaqat nimchorak final, balki pley-off bahslari haqida gapiradigan bo‘lsak, Yevropaning asosiy klublar musobaqasida 11 jamoa keyingi bosqich masalasini hal qildi. Top-24likdan 12 ochko to‘plagan jamoalar endi pastga tushib ketmasligi aniq bo‘lib ulgurdi. Bu jamoalar "Arsenal", "Real Madrid", "Bavariya", "Tottenxem", PSJ, "Sporting", "Manchester Siti", "Atalanta", "Inter", "Atletiko" hamda "Liverpul".

Eslatib o‘tamiz, bugun 7-tur bahslari davom ettiriladi.

Kiritildi: Bugun 15:26. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!