Dortmundning "Borussiya" klubi Chempionlar Ligasi 1/8 final javob o‘yinida "Lill"ni mag‘lub etdi - 2:1. Uchrashuv "Pyer Morua" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Nemislar safida gollarga penaltini aniq amalga oshirgan Emre Jan va Maksimilian Bayer mualliflik qildi. Fransuz klubining yagona goli Jonatan Devid hisobiga yozildi.
"Borussiya" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra ECHL chorak finaliga chiqdi (birinchi o‘yin - 1:1), u yerda "Barselona" bilan o‘ynaydi.