Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

ECHL. "Bavariya" "Bayer" darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi

ECHL. "Bavariya" "Bayer" darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi

"Bavariya" Chempionlar Ligasi 1/8 finalining dastlabki o‘yinida "Bayer"ni mag‘lub etdi - 3:0. O‘yin Myunxendagi "Alyans Arena"da bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Xarri Keyn hisobni ochdi. Tanaffusdan keyinoq Jamal Musiala myunxenliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 75-daqiqada Keyn penaltidan dublni rasmiylashtirdi.

Leverkuzenliklar 62-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi, Nordi Mukiele qizil kartochka oldi.

Javob o‘yini bir haftadan so‘ng, 11 mart kuni Leverkuzenda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 03:18 06.03.2025. O'qildi: 1165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!