Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

EA FC 27'da O‘zbekiston bilan Osiyo Kubogida o‘ynash imkoniyati paydo bo‘ladi

EA FC 27'da O‘zbekiston bilan Osiyo Kubogida o‘ynash imkoniyati paydo bo‘ladi

Osiyo Futbol Federasiyasi (OFK) "Electronic Arts" tarkibiga kiruvchi "EA Sports FC" (sobiq FIFA futbol simulyatori) Osiyo futbolidagi eng yirik turnirlardan biri — "Osiyo Kubogi 2027" uchun tarixiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Endilikda turnir "EA Sports FC" o‘yini seriyalarining navbatdagi qismida (FC27) rasmiy lisenziyalangan kontent sifatida paydo bo‘ladi. O‘yin ichidagi maxsus integrasiyalar, yangi rejimlar va boshqa funksiyalar haqida batafsil ma’lumotlar yil davomida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Bu shuni bildiradiki, 2027 yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi 24 ta terma jamoalar o‘yinga qo‘shiladi. Jumladan O‘zbekiston milliy terma jamoasi shular qatorida.

Ma’lumot o‘rnida, 2027 yilgi Osiyo Kubogi 7 yanvardan 5 fevralgacha Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi qur’a natijalariga ko‘ra, "B" guruhidan o‘rin oldi. Ushbu guruhda Bahrayn, KXDR va Indoneziya terma jamoalari o‘rin olishgan.

Promotional image announcing AFC's partnership with EA Sports FC as the official licensed product for AFC Asian Cup 2027 in Saudi Arabia. Features enthusiastic soccer players from various teams.

Kiritildi: 23:51 10.05.2026. O'qildi: 198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!