Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Dzyudo terma jamoamiz "Katta Dubulg‘a" turnirida oltinchi o‘rinni egalladi

Dzyudo terma jamoamiz "Katta Dubulg‘a" turnirida oltinchi o‘rinni egalladi

Shveysariyaning Lozanna shahri mezbonlik qilgan "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir o‘z yakuniga yetdi.

Uch kunlik murosasiz bellashuvlar yakuniga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan dunyoning 77 davlati orasida TOP-6 talikdan joy oldi. Musobaqaning so‘nggi kuni jamoamiz uchun muvaffaqiyatli keldi. -90 kg vazn toifasidagi bellashuvlar dzyudochilarimiz benefisiga aylanib ketdi.

Dzyudo terma jamoamiz "Katta Dubulg‘a" turnirida oltinchi o‘rinni egalladi

Umar Bozorov sharafiga Shveysariya zaminida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi. Bozorov faoliyatidagi uchinchi "Grand Slam" medalini qo‘lga kiritdi. U shu kungacha "Tbilisi Grand Slam 2025" da oltin, "Ulanbator 2025" da kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.

Oltin medal:
-90 kg: Umar Bozorov

Kumush medallar:
-81 kg: Arslonbek Tojiyev
-90 kg: Nurbek Murtazoyev

Bronza medallar:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev

Kiritildi: 19:44 31.08.2026. O'qildi: 829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!