Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

DXX xorijiy raqamlardan bo‘layotgan shubhali qo‘ng‘iroqlardan ogohlantirdi

DXX xorijiy raqamlardan bo‘layotgan shubhali qo‘ng‘iroqlardan ogohlantirdi

Davlat xavfsizlik xizmati o‘zbekistonliklarni kiberfiribgarlardan ogoh bo‘lishga chaqirdi.

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolarining telefon raqamlariga xorijdan shubhali qo‘ng‘iroqlar bo‘lishi ko‘p kuzatilmoqda. Mazkur holatlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tahlillar natijasida bunday qo‘ng‘iroqlar oddiy telefon emas, balki internet va maxsus dasturlar orqali amalga oshirilishi aniqlangan. Firibgarlar ushbu tizimlar yordamida o‘zlarining haqiqiy raqamlarini yashirib, telefon ekranida istalgan davlatning soxta raqamini ko‘rsatishlari mumkin.

Ular qo‘ng‘iroqni internet orqali yuborib, raqamni avvaldan soxtalashtirib qo‘yganliklari bois, mobil kompaniyalar tizimida bu qo‘ng‘iroqni kim va qayerdan amalga oshirganini aniqlash mushkul. Bunday raqamlar xususida maxsus bazalarda hech qanday ma’lumot bo‘lmaydi. Bu esa ularning aslida SIM-karta emasligini, balki qo‘ng‘iroq paytida soxtalashtirilgan va vaqtinchalik raqamlar ekanini anglatadi.

Shubhali qo‘ng‘iroqlar abonentlar uchun quyidagi xavflarni yuzaga keltiradi:

  • bunday xorijiy raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish telefon balansidagi mablag‘ning yechib olinishiga sabab bo‘ladi;
  • firibgarlar o‘zlarini turli tashkilot xodimi sifatida tanishtirib, shaxsiy ma’lumotlar va bank kartasi kodlarini bilib olishga urinadi;
  • go‘shakni ko‘tarish raqamingizning “faol” ekanini bildiradi va natijada sizga bo‘ladigan firibgarlik hujumlari soni keskin ortadi;
  • sizning ovozingiz yozib olinib, keyinchalik sun’iy intellekt yordamida soxtalashtirish orqali yaqinlaringizni aldash uchun ishlatilishi mumkin.

“Hurmatli fuqarolar, firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun notanish va shubhali chet el raqamlaridan bo‘layotgan qo‘ng‘iroqlarga javob bermaslik, ularga qayta qo‘ng‘iroq qilmaslik, ushbu raqamlarni bloklash hamda shaxsiy ma’lumotlaringizni begonalarga oshkor qilmaslikni tavsiya etamiz”, deyiladi DXX xabarida.

Kiritildi: Bugun 14:25. O'qildi: 555 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!