O‘zbekiston futbol assosiasiyasining (O‘FA) navbatdan tashqari Kongressi bugun, 22 fevral kuni bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilot prezidentligiga O’zbekiston davlat xavfsizlik xizmati rahbari Qurbonov Bahodir Nizomovich prezident etib saylandi.
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti Abdusalom Azizov yanvar oyida lavozimidan ketdi. Assosiasiya nizomiga binoan, Kongress o‘tkazilgunga qadar O‘FA prezidenti vazifalari O‘FA birinchi vise-prezidenti — Ravshan Ermatov zimmasiga yuklatilgan edi.