Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Dunyoning TOP-300 universitetlari filiallari O‘zbekistonda ochiladi

Dunyoning TOP-300 universitetlari filiallari O‘zbekistonda ochiladi



O‘zbekistonda hozir 32 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Endilikda dunyoning eng kuchli 300 ta universiteti filiallarini tashkil etish asosiy vazifalardan biri bo‘ladi.

Nufuzli universitetlar franshizasini olib kelgan xususiy oliygohlarga laboratoriya va jihozlar xarajatlari hamda brend uchun to‘lovning 50 foizigacha qismi qoplab beriladi.

Kampus qurilishi xarajatlarining 30 foizigacha kompensasiya qilinadi va davlat granti o‘rinlari ajratiladi. Bunda muhandislik, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, sun’iy intellekt hamda tibbiyot kabi sohalarga ustuvor ahamiyat beriladi.

Kiritildi: 17:52 30.09.2026. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!