Give Me Sport portali markaziy hujumchi pozisiyasida o‘ynaydigan dunyoning eng yaxshi futbolchilari reytingini e’lon qildi.
Reyting mualliflari "Real" va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappeni birinchi o‘ringa qo‘ydi. "Bavariya" forvardi Garri Keyn ikkinchi, "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Kuchli o‘nlikning keyingi pog‘onalaridan Usman Dembele, Xulian Alvares, Lautaro Martines, Viktor Osimxen, Joau Pedro, Aleksandr Isak va Markus Tyuram joy oldi.
Qayd etish joiz, 26 oktyabr kuni Londonda "Oltin to‘p" sovrini topshiriladi. Avvalroq Give Me Sport mazkur mukofot uchun o‘zining joriy favoritlar reytingini ham e’lon qilgan edi.