Bugun 12 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Dunyoning eng qimmat hujumchisi aniqlandi — Mbappe ikkinchi, Dembele beshinchi o‘rinda

Dunyoning eng qimmat hujumchisi aniqlandi — Mbappe ikkinchi, Dembele beshinchi o‘rinda

Jahon futbolidagi eng qimmat hujumchi nomi ma’lum bo‘ldi.

The Touchline ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu reytingda Norvegiya terma jamoasi va «Manchester Siti» markaziy hujumchisi Erling Xoland peshqadamlik qilmoqda.

Skandinaviyalik to‘purarning transfer qiymati 220 million yevroga baholangan.

Ikkinchi o‘rinni Fransiya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi yulduzi Kilian Mbappe egalladi. 27 yoshli futbolchining bozor qiymati 200 million yevroni tashkil etadi.

Kuchli uchlikni «Atletiko»ning argentinalik hujumchisi Xulian Alvares yakunlab berdi. Uning transfer qiymati 110 million yevroga baholanmoqda.

Dunyoning eng qimmat hujumchilari o‘ntaligi:

  1. Erling Xoland («Manchester Siti») — 220 million yevro.

  2. Kilian Mbappe («Real») — 200 million yevro.

  3. Xulian Alvares («Atletiko») — 110 million yevro.

  4. Joao Pedro («Chelsi»).

  5. Usmon Dembele («PSJ»).

  6. Aleksandr Isak («Liverpul»).

  7. Lautaro Martines («Inter»).

  8. Ugo Ekitike («Liverpul»).

  9. Benyamin Sheshko («Manchester Yunayted»).

  10. Mateus Kunya («Manchester Yunayted»).

Manbada birinchi uchlikdan tashqari futbolchilarning transfer qiymatlari keltirilmagan.

Kiritildi: 14:07 10.10.2026. O'qildi: 1111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!