Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotiga qaraganda, dunyoning eng qashshoq davlatlari Afrika va Yaqin Sharqda joylashgan.
Dunyoning sakkiz davlatida aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YAIM) 500 dollardan ekan.
Janubiy Sudanda aholi jon boshiga YAIM 246 dollarni tashkil etadi va u jahonning eng qashshoq mamlakatidir. Undan keyingi o‘rinlarda Burundi (339 dollar), Malavi (342 dollar), Markaziy Afrika Respublikasi (425 dollar), Yaman (449 dollar), Mozambik (472 dollar), Demokratik Kongo Respublikasi (477 dollar) va Madagaskar (479 dollar) bor.
28 mamlakatda esa YAIM 1000 dollardan past. Mazkur guruhda Nepal va Tojikistondan tashqari barcha davlatlar Afrika va Yaqin Sharqda joylashgan.
Manba: azon.uz