Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Dunyoning eng ko‘p maosh oladigan murabbiylari (terma jamoalar miqyosida)

Dunyoning eng ko‘p maosh oladigan murabbiylari (terma jamoalar miqyosida)

Xabaringiz bor, italiyalik murabbiy Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy jamoasini qabul qilib olishi deyarli aniq bo‘lib qoldi. O‘FA bu borada muzokaralar olib borayotganini ham tasdiqladi.

Ba’zi ma’lumotlarda 52 yoshli italiyalik mutaxassis yurtimizda yiliga 4 million yevro ishlab olishi haqida ham aytildi.

Quyida dunyoda terma jamoalar miqyosida eng ko‘p maosh oladigan murabbiylar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin. Kannavaro bu borada Top-5'ga kirib olishi mumkin.

1) Karlo Anchelotti — 9.5 mln yevro (Braziliya)
2) Tomas Tuxel — 5.9 mln yevro (Angliya)
3) Yulian Nagelsmann — 4.9 mln yevro (Germaniya)
4) Fabio Kannavaro (O‘zbekiston) va Roberto Martines (Portugaliya) — 4 mln yevro
5) Didye Desham — 3.8 mln yevro (Fransiya)

Kiritildi: 19:27 04.10.2025. O'qildi: 1379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!